Ravshan Ermatov: "Vatan sharafini himoya qilish, uning obro'sini yuksaltirish katta baxt"
27 iyu 2014 13:24
Yangiliklar
Ravshan Ermatov: "Vatan sharafini himoya qilish, uning obro'sini yuksaltirish katta baxt"
Kuni kecha Olimpiya shon-shuhrati muzeyida FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning yordamchisi Abdulhamid Rasulovni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda muhtaram yurtboshimiz tomonidan
Ravshan Ermatovga “El-yurt hurmati” ordeni hamda qimmatbaho “Malibu”
avtomashinasi berilgani elon qilindi.
SHundan so'ng FIFA hakami o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kamtarona mehnatlarimni Vatanimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlagan Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik izhor etaman", - deb gap boshladi Ravshan Ermatov.
"Bunday etibor va g'amxo'rlik kelgusida yanada yuksak marralar sari rag'batlantiradi. Jahon chempionatida biz ne-ne ulug' allomayu mutafakkirlarga beshik bo'lgan buyuk yurt farzandlari ekanimizni, biz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo'lmasligimizni isbotlashni maqsad qilgandik va bu ezgu maqsadimizga etishganimizdan xursandmiz.
Uchrashuvlarni xatosiz boshqarishimizda xalqimiz, millionlab o'zbekistonlik futbol muxlislarining ishonchini oqlash masuliyati bizga katta kuch-g'ayrat bag'ishladi. Xalqaro maydonlarda Vatan sharafini himoya qilish, uning obro'sini yuksaltirish katta baxt. Futbol olamining eng nufuzli musobaqasi jahon chempionatida O'zbekiston nomidan qatnashganimizdan faxrlanamiz. Xalqaro maydondagi bunday muvaffaqiyatimiz zamirida Prezidentimiz rahnamoligida sportni, jumladan, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak etibor va g'amxo'rlik mujassamdir", - deydi Ermatov.
Kamoliddin Alimov yozib oldi

Fikrlar