Ravshan Ermatov va Abduhamidillo Rasulov Braziliyadan Toshkentga etib keldi
16 iyu 2014 10:29
Yangiliklar
Ravshan Ermatov va Abduhamidillo Rasulov Braziliyadan Toshkentga etib keldi
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 16 iyul Toshkent vaqti bilan soat 06:30da Istanbul orqali Toshkentga uchib keldi.
12 iyun - 13 iyul kunlari Braziliyada bo'lib o'tgan futbol bo'yicha navbatdagi jahon chempionatida ishlagan o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulov 16 iyul, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:30da Istanbul orqali Toshkentga uchib kelishdi.
O'z faoliyatida ketma-ket ikkinchi Jahon chempionati final bosqichi o'yinlarida ishlagan Ravshan Ermatov va Abduhamidillo Rasulovni Toshkent xalqaro aeroportida futbol jamoatchiligi, O'FF rahbariyati, bir qator OAV hodimlari va ularning yaqinlari kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov Braziliyada bo'lib o'tgan mundialda jami to'rtta - Guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan SHveycariya-Ekvador, 3-turi doirasidagi AQSH-Germaniya, 3-tur doirasida Meksika-Xorvatiya, chorak finaldan o'rin olgan Gollandiya-Kosta-Rika uchrashuvlarini boshqarib bordi va ketma-ket ikki Jahon chempionatlarida boshqargan jami 9ta o'yin bilan Jahon chempionatlari rekordini o'rnatgan edi.

Fikrlar