So’nggi yangiliklar

08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  2 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  4 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  5 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  6 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  11 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  12 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0

Ravshan Ermatov: "Raqibni mensimaslik yaxshi emas, har bir o'yinga jiddiy yondoshish shart" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Raqibni mensimaslik yaxshi emas, har bir o'yinga jiddiy yondoshish shart"

Ayni paytda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda bo'lib turgan O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegaciya kecha o'tkazilgan Qatarda bo'ladigan JCH-2022ga saralash bosqichiga qura tashlash marosimida qatnashgandi.

SHuningdek, O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov qura tashlash marosimidan tashqari qator masalalar bo'yicha OFK bosh qarorgohida rasmiy uchrashuvlar o'tkazmoqda. Xususan "AFC Integrity" departamenti rahbari Ahmed Alosaymi, "Sportradar" kompaniyasi direktori Oskar Brodkin, FIFA hakamlar qo'mitasi raisi o'rinbosari Hani Ballan, OFK hakamlar boshqarmasi direktori SHamsul Maydin bilan rasmiy uchrashuvlar o'tkazildi va unda qator masalalar bo'yicha maslahatlar olindi.

Bu haqda Ravshan Ermatov saytimiz muxbiri SHahboz Beg'amovga malum qildi.

Xususan yaqindagina bo'lib o'tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasida O'FA prezidenti etib saylangan Abdusalom Azizov o'z nutqida futbolimiz tomiriga bolta urayotgan yomon illatlardan biri bu kelishilgan o'yinlar va totalizator ekanligini takidlab, bu borada jiddiy kurashish lozimligini alohida qayd etgandi.

Abdusalom Azizov: "Totalizator, kelishilgan o'yinlar kabi illatlarni yo'qotish birinchi darajadagi vazifamiz bo'ladi" 

SHu munosabat bilan OFK bosh qarorgohida bo'lib turgan Ermatov boshchiligidagi delegaciya totalizatorga qarshi kurashish kompaniyasi "Sportradar" rahbariyati bilan uchrashib, mazkur yomon illatlarga qarshi kurashish yo'llari bo'yicha tegishli tavsiya va maslahatlar olishgan. SHuningdek, FIFA hakamlar qo'mitasi raisi o'rinbosari Hani Ballan va OFK hakamlar boshqarmasi direktori SHamsul Maydin bilan uchrashuv chog'ida VAR tizimini o'rnatish uchun dastlabki bosqichda nimalarga etibor qaratish borasida suhbat bo'lgan.

Kunning ikkinchi yarmida O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegaciya yana qator masalalar bo'yicha rasmiy uchrashuv o'tkazishni rejalashtirgan.

Ravshan Ermatov shuningdek kecha bo'lib o'tgan Qatarda bo'ladigan JCH-2022 saralash bosqichiga tashlangan qura va milliy jamoamiz o'rin olgan guruh haqida quyida qisqacha fikrlarini bildirdi.

- "Ko'pchilik oson guruh tushganini takidlamoqda. Lekin Osiyo qitasida futbol yildan-yilga jadallik bilan katta tezlikda rivojlanib borayotganini unutmaslik kerak. Meni xursand qiladigani, bu futbolchilarimizning azaliy va eng asosiy orzusi bu mundial. SHu boisdan ham futbolchilar Jahon chempionati yo'lida qattiq ter to'kishlari va buning uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirishlariga ishonaman. Futbolda orzu oldinga qadam tashlash uchun eng katta motivaciya. Guruh haqida to'xtaladigan bo'lsam, avvalo raqiblarni hurmat qilish lozimligini aytgan bo'lardim. Futbolda raqibni mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelganini juda ko'p ko'rganmiz. SHu boisdan har bir o'yinda jiddiy yondoshish shart. Yaqindagina o'tgan Osiyo Kubogi ham qitamizda futbol tez suratda o'sib borayotgani va barcha jamoalar kuchayib borayotganini amalda ham ko'rsatdi. Bo'shashishga haqqimiz yo'q. Kechagi quradan keyinoq biz tashkiliy ishlarni boshlab yubordik. Milliy jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan aloqaga chiqib, kerakli masalalar bo'yicha gaplashildi. Bizni uzoq va mashaqqatli yo'l kutmoqda. Maqsad va vazifa xalqimizning azaliy orzusi bo'lgan Jahon chempionatiga chiqish. Buning uchun barchamiz futbolimiz rivoji yo'lida chin yurakdan ishlashimiz talab etiladi", - deydi Ravshan Ermatov.

Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan Qatarda bo'ladigan JCH-2022 saralash bosqichiga qura tashlash marosimida milliy jamoamiz "D" guruhida Saudiya Arabistoni, Yaman, Falastin va Singapur bilan birga tushdi.



JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlandi. O'zbekiston guruhi bilan tanishing 

JCH-2022. O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarining taqvimi

Milliy jamoamiz JCH-2022 saralash bosqichini 5 sentyabr kuni Falastinga qarshi mehmonda boshlab, kelasi yili 9 iyun kuni Saudiya Arabistonida tugatadi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика