Ravshan Ermatov Qirg'iziston - Filippin o'yinini boshqaradi
02 sen 2016 12:54
Yangiliklar
Ravshan Ermatov Qirg'iziston - Filippin o'yinini boshqaradi
Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Qirg'iziston hamda Filippin terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradi.
6 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan ushbu o'yinni boshqarishda Ermatovga qanot hakamlari - Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi.
Qirg'iziston Futbol Federaciyasi matbuot xizmatining ucharshuvni boshqaradigan hakamlar haqida bergan xabarida Ravshan Ermatovning 2010, 2014 yillarda shhtkazilgan jahon chempionatlari, 2012 yildagi Olimpiyada, klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Osiyo Kubogi kabi yirik musobaqalarda ishlagani, jahon chempionatlarida boshqargan o'yinlari soni bo'yicha rekord sohibi ekani takidlanadi.
SHuningdek, Ravshan Ermatov 2015 yilda Globe Soccer Awards taqdimotida eng yaxshi hakam sifatida etirof etilgani xabarda alohida qayd etib o'tilgan.
O’xshash yangiliklar
17:16
Otabek Umarov va Ravshan Ermatov Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi 11
10:03
Filippin terma jamoasi ustozi: "Biz 40 daqiqa davomida O'zbekiston bosimiga bardosh bera oldik"
0
Fikrlar