So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  6 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Ravshan Ermatov: "Orzuim - O'zbekiston terma jamoasini JCH-2018da ko'rish" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Orzuim - O'zbekiston terma jamoasini JCH-2018da ko'rish"

12 may kuni Qozog'iston – Burkina-Faso o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqargan Ravshan Ermatov o'yin oldidan qozog'istonlik jurnalistlar bilan suhbatda bo'ldi.

Intrevyu davomida Ermatov o'yinlarni boshqarishda ularni toifalarga ajratmasligi, bahsli vaziyatlarda video-takrorlardan foydalanishga va mashxurlikka munosabati hamda orzusi haqidagi mavzularga to'xtalib o'tdi.

Suhbat avvalida Ermatov bu uning uchun Qozog'istonga ikkinchi tashrifi ekani, avvlroq Qozog'iston-Ummon uchrashuvini boshqarganini eslab o'tdi.

“Biz hakamlarning ish grafigimiz juda tig'iz” – deydi Ermatov. “Masalan, men O'zbekiston chempionati o'yinlaridan tashqari FIFA va OFK tashkil etadigan uchrashuvlarni ham boshqaraman. Tez-tez xalqaro seminarlarda ishtirok etaman. Yana Qozog'istonga tashrif buyurganimdan xursandman. Bu erda ko'plab do'stlarim bor. O'yin bahona ular bilan ham uchrashdik”.

O'rtoqlik va rasmiy o'yinlarida ishlashning farqlari haqida gapirar ekan Ermatov o'yinlarni toifalarga ajratmasligini aytib o'tdi.

“Hakamlar o'yinlarni toifalarga ajratmasligi kerak. O'rtoqlik uchrashuvimi, rasmiymi, buning ahamiyati yo'q. Har bir o'yinga o'z kasbiga nisbatan talabchan va professional tarzda yondashish lozim. SHaxsan men shunday deb o'ylayman va shu aqidaga amal qilaman. O'zi boshqargan o'yinga etiborsizlik bilan qarab, buning oqibatida muammolarga duch kelgan hakamlarni ko'rganman. SHundan o'zim uchun xulosa chiqarib, hamkasblarimning xatosini takrorlamaslikka harakat qilaman”.

“Hamisha o'z ustimda ishlayman. Futbol qanday tezlikda rivojlanayotganini ko'ryapsiz. Tabiiykai biz hakamlar ham mos ravishda, zamon bilan hamnafas bo'lishimiz kerak”.

37 yoshli o'zbekistonlik hakam mamlakatdagi hakamlik maktabi, Evropa hakamlaridan kimga havas qilishi haqida ham to'xtalib o'tdi.

“Bilasizmi, o'zbek hakamlik maktabi barcha davrlarda ham kuchli bo'lgan. Bundan 10 yildan oshiqroq vaqt muqaddam O'zbekistonga ko'plab evopalik instruktorlar taklif etilib, ular ishtirokida yosh hakamlarga xalqaro seminarlar tashkil qilingandi. SHuningdek, o'zimda ham turli xalqaro seminarlarda ishtirok etish va tajribamni oshirib borish imkoniyatlari ko'p bo'ldi. 2003 yil FIFA referisi bo'ldim. Yodingizda bo'lsa, 2002 yilda bo'lib o'tgan Jahon CHemponati finalini Perluijji Kollina boshqargandi. O'shanda men italiyalik mashxur hakamning o'yinni boshqarish uslubini diqqatbilan o'rgangandim.Maydonda turli harakterga ega 22 nafar yulduz futbolchi o'ynayotganiga qaramay, Kollina o'zini menejerdek tutardi. U yulduzlarni qanday boshqarishni yaxshi bilardi. Maydonda shunday muhitni yaratib olardiki, futbolchilar uni chinakamiga hurmat qilishardi”.

Futbolda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarda video-takrorlardan foydalanish haqidagi savolga ham o'z munosabatini bildirdi.

“Futbol dunyoda birinchi raqamli sport turi. Uni millionlab emas, milliardlab insonlar tomosha qilmoqda. Xokkeyga o'xshab o'yin davomida video-takrorlarni tomosha qilishga vaqt sarflash futbolga xos emas. Bunday yangilikka qo'l urilgan taqdirda, futbol o'z jozibasini yo'qotib qo'yishi hech gap emas. Futbol xatolardan iborat. Murabbiylar, futbolchilar singari hakamlar ham xatolarga yo'l qo'yadi. Xatodan hech kim kafolatlanmagan. Hatto Messi va Ronaldu ham xatodan xoli emas. Masalan bir o'yinda 40ta qoida buzilishi qayd etilsa, shundan 2-3tasida hakam o'zi istamagan holda noto'g'ri qaror chiqarishi tayin. Bu yuqori tezlikdagi katta futbol uchun normal holat, deb o'ylayman. To'p 50 metr masofaga ikki soniyada etib boradi. Hakam ana shu tezlikka monand qaror qabul qilishi kerak. Aytib o'tganimdek, futbol bugun juda tezlashib ketdi. O'ylashimcha, futbolga aloqador har bir inson bir-birining mehnatini qadrlamog'i lozim”, - deydi Ermatov.

Jurnalistlar 2010 yildagi Jahon CHempionati, undagi ochilish uchrashuvi va boshqa muhim o'yinlarni boshqarib borganidan keyin Ermatovning juda mashxur insonga aylanganini takidlashgach, u mashxurlikka munosabati haqida ham gapirib o'tdi.

“Men bu holatga xotirjam yondashaman. O'zimni yulduz deb hisoblamayman. SHunchaki o'z ishimni bajaryapman. Balki shuning uchun natijalarim ijobiy bo'lsa kerak. Dasxat so'raydiganlarga hech qachon rad javobini bermayman. Menda yulduzlik kasali yo'q”.

“Ha, bu erda ham ko'pchilik dastxat so'radi. Nafaqat bu erda, balki dunyoning ko'plab mamlakatlarida meni tanib qolib, dastxat so'rashyapti. Yaqinda Yaponiyada bo'lganimda ham shunday holat ro'y berdi. Er osti yo'lidan o'tayotganimda bir kishi ancha joygacha kuzatib bordi. Keyin yaqin kelib, men bilan suhbatlashdi. O'zbekiston haqida so'radi va yakunda esdalik uchun suratga tushdi. London metrosida ham shunga o'xshash voqea bo'lgandi”.

Suhbat davomida O'zbekistonda bolalar futboliga qaratilayotgan etibor, yoshlar va o'smirlar terma jamoalari Jahon CHempionatlarida ishtirok etayotgani va milliy terma jamoaning istiqboli haqida ham mavzu ko'tarildi.

“SHaxsan davlatimiz rahbari tomonidan O'zbekistonda futbolni rivojlantirishga etibor qaratilyapti va g'amxo'rlik ko'rsatilyapti. Klublar qoshida zamonaviy akademiyalar faoliyat ko'rsatyapti. Biz barchamiz milliy terma jamoamizning ham Jahon CHempionatida ishtirok etishini xohlaymiz. Lekin hozircha biroz omad etishmayapti. Ayniqsa so'nggi mundialdan bizni faqat to'plar nisbatigina ayirdi.  Terma jamoamizni afsonaviy futbolchimiz Mirjalol Qosimov boshqarib boryapti. SHaxsan men bu murabbiyning terma jamoamizni Jahon CHempionati-2018ga olib chiqishiga ishonaman”.

“Orzuim? 2018 yilda bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatida ishlashni istayman. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Tabiiyki, bu mundialga O'zbekiston milliy terma jamoasining ham borishini xohlayman”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика