So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  3 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Ravshan Ermatov: "Muxlislar stadionga qaytmoqda. Lekin hakamning birgina qarori barchasini bir pul qilishi mumkin" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Muxlislar stadionga qaytmoqda. Lekin hakamning birgina qarori barchasini bir pul qilishi mumkin"

Kecha O'FA majlislar zalida so'nggi paytlarda hakamlik bilan bog'liq muammolar, o'yinlardagi vaziyatlar tahlili yuzasidan seminar o'tkazildi.

Yig'ilishni  O'FA 1-Vice Prezidenti Ravshan Ermatovning shaxsan o'zi olib bordi va munosabatlarini bildirdi. Xususan, sobiq FIFA referisi dastlab VAR tizimiga to'xtaldi. 


"Hali ko'p mamlakatlarda yo'q VAR tizimini tadbiq qildik. Adolatni joyiga qo'yish, hakamlarni xatolardan himoya qilish uchun joriy qildik. Avvalgi zamonlarda bo'lgani kabi bittada ko'rish qiyin, ulgurmasligi mumkin. Hozir VAR bor, shu bilan xato qilsak odamlar nima deydi? Muxlislarni ishonchini oqlaymiz, deb harakat qilyapmiz. Futbolni sifatini oshirish uchun, odamlarni stadionlarga qaytarish uchun amalga oshirmoqdamiz. Hakamlik sifati futbol sifatidan pas bo'lmasligi kerak. Muxlislar kelib futboldan, hakamlar, murabbiydan rozi bo'lib sotib olgan chiptasiga minnatdor bo'lib ketishi kerak. Asosiy maqsadimiz ham shu.

Yoshlar, xalqaro musobaqalarni qabul qildik, muxlislar qaytmoqda. Lekin hakamning bitta qarori bir pulga chiqarishi hech gapmas. VAR arzon narsa emas, uning puliga qancha maydon qursak ham bo'lardi. Lekin hakamlarga yordamchi bo'lsin, xatosini to'g'irlasin deyapmiz",- deydi Ravshan Ermatov. 


Reyting: -17   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика