Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi o'yinlarini boshqarib boradi
06 dek 2014 07:53
Yangiliklar

Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi o'yinlarini boshqarib boradi
FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqarish uchun ikkinchi marta taklif oldi.
Hindiston Futbol Federaciyasi taklifiga ko'ra Ermatov brigadasi 17-26 dekabr kunlari oralig'ida Hindiston Superligasi o'yinlarini boshqarib borishadi. Ushbu bahslarda Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, bu Ermatov va uning brigadasi uchun Hindiston Superligasidan ikkinchi taklifdir. Bir necha kun oldin beshinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan Ravshan Ermatov, bungacha 15-25 noyabr kunlari Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqargan edi.

Fikrlar