Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi bahslarini boshqarish uchun taklif oldi
16 noy 2014 18:42
Yangiliklar

Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi bahslarini boshqarish uchun taklif oldi
FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqarishadi.
Hindiston Futbol Federaciyasi taklifiga ko'ra Ermatov brigadasi 15 noyabr kuni Hindistonga jo'nab ketdi va ular 15-25 noyabr kunlari oralig'ida Hindiston Superligasi o'yinlarini boshqarib borishadi. Ushbu bahslarda Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi bungacha 12 noyabr kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Turkiya hamda Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib borishgan edi.

Fikrlar