Hindiston Futbol Federatsiyasi taklifiga ko'ra Ermatov brigadasi 15 noyabr kuni Hindistonga jo'nab ketdi va ular 15-25 noyabr kunlari oralig'ida Hindiston Superligasi o'yinlarini boshqarib borishadi. Ushbu bahslarda Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi bungacha 12 noyabr kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Turkiya hamda Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib borishgan edi.