So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  0 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  6 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Ravshan Ermatov: "Futbolchi bo'lganimda balki bunday darajaga chiqmagan bo'larmidim" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Futbolchi bo'lganimda balki bunday darajaga chiqmagan bo'larmidim"

Rossiyaning "Sport-Ekspress" gazetasi muxbiri Igor Rabiner hamyurtimiz Ravshan Ermatovdan intervyu oldi.

U hali bemalol ikkita Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin – u esa allaqachon rekordchiga aylanib bo'ldi. O'zbekistonlik hakam Janubiy Afrika va Braziliyada jami 9ta o'yinni boshqardi. Rossiyalik hakamlar 2006 yildan buyon Jahon va Evropa chempionatlarida ishlamayotgan vaqtda o'rta osiyolik hakam dunyoning eng kuchli hakamidan biriga aylandi?!

Ravshan Ermatovning Moskvaga Rossiya – Ozarbayjon o'rtasidagi o'yinni boshqarish uchun kelganida uchrashishni maqsad qildim. Ammo juda kamtar bo'lgan Ermatov bilan intervyu qilish oson bo'lmadi. Eski tanishim Alisher Nikimbaev yordamga keldi. Suhbat jarayonida Ravshan nima uchun men haqimda bunchalik ko'p gapirasizlar deb ajablandi ham?

"10 YIL OLDIN KIMDIR MENGA JCHda ISHLAYSAN DEGANIDA UNI JINNIGA CHIQARGAN BO'LARDIM"

–37 yoshli Ravshan Ermatov – Jahon chempionatlari rekordchisi, bu sizga qanday tasir qiladi?

–2003 yil FIFAga qabul qilinganimda JCHda ishlashimni hayolimga ham keltirmagandim. O'shanda xatto davogarlar safiga kirishimni aytishganida o'sha odamni aqli joyiga emas deb o'ylardim. Orzu qilardim, ammo ushalmas deb o'ylardim. Jahon chempionatiga kosmosga qaragandek qarardim.

Braziliyada esa Gollandiya – Kosta-Rika uchrashuvi men uchun rekord bo'lishini bilmasdim ham. Tayinlanuvdan so'ng Xorxe Larrionda (mashhur urugvayli hakam, JCHda 8ta o'yin boshqargan. –"SE") kelib qo'limni siqib, bag'riga bosib shunday dedi: "Ravshan, seni yangi rekord bilan tabriklayman". – "Qanday rekord?" – "Jahon chempionatida 9-uchrashuvni boshqarasan". Kulib: "Nima uchun meni rekordimni yangilading?" dedi. Bu statistika haqida bilmasdim, shundan so'ng barcha tabriklashni boshladi.

Ammo bor etiborim o'yinga qaratildi, sababi oddiy xato ham rekordga rahna solishi mumkin edi. Ikkala jamoa azolarini diqqat bilan o'rganib chiqdik.



– Masalan, kimni?

– Robbenni. O'yindan oldin u bilan gaplashdim. Arenga yosh futbolchilar uchun namuna ekanini aytdim. "Seni barcha yaxshi ko'radi, hurmat qiladi, ammo simulyaciyalaring uchun emas sening dribling va chiroyli gollaring uchun". U shunday javob berdi: "Men doim ham simulyaciya qilmaymanku!" – "Doim demayapman, ammo o'rganib chiqdik, bunday holatlar ko'p bo'lgan".

Bunday dialoglarni do'stona tarzda kulib olib borish kerak, futbolchini xafa qilib qo'yish kerak emas. Bu o'yin boshqaruvining bir qismi. O'yin vaqtida unga yaqin bo'lishga harakat qildim, har bir holatda yonida bo'ldim. Birinchi bo'lim tugagach Robbenning o'zi kelib shunday dedi: "Bir ikki marta simulyaciya qilishga imon bor edi, ammo qarasam – yonimda eding. SHunda tavakkal qilmadim". Aren, yulduz bo'lsa ham juda kamtar inson.

Futbolchilar bilan ko'proq suhbatda bo'lib turaman. Suhbat kam bo'lsa tushunish qiyin bo'ladi.

– Bahorda men Peledan intervyu olgandim, uning aytishicha oldinlari hakamlar hozirgidek futbolchilarni yonini bunchalik olmas ekanlar.

– Bu FIFAning talablaridan biri – o'yin imiji va futbolchilar sog'ligi birinchi o'rinda. Agar hakamlar o'yinchilarga qo'pol o'ynashga imkon berishsa shunday o'ynayverishadi. Agar simulyaciyaga imkon berilsa ham xuddi shunday.

– Menimcha siz kartochkalarni ko'p ham ko'rsatishni istamaysiz, avval futbolchilarga oddiy gap bilan tushuntirishga urinasiz. SHundaymi?

– Jazo emas, uni oldini olishni istayman. Robben bilan vaziyatdagi kabi. Kulgu bilan, yaxshi do'stona manoda. O'yindagi ilk vaziyatdayoq barchaga bunday o'ynash yaramasligini tushuntiraman. O'yin boshida qanday harakat qilsangiz davomi ham shunday ketadi.

– Otangiz shunday degandi: "Ravshanning – shiori doim kamtar bo'lib qolish". Ammo yulduzlar bilan ishlashda qanday qilib kamtar bo'lish mumkin, ular sizni eb qo'yishadiku?

– Maydonda psixolog bo'lish kerak. O'yinga chiqqandayoq birinchi vazifalardan biri kim o'yinga hurmat bilan qarayapti, kim aksincha shuni tushunib olish kerak. O'sha futbolchi bilan o'z vaqtida gaplashib olish kerak.

Greciya – Argentina uchrashuvi vaqtida Karagunis bilan yaxshilab gaplashib olgandim, internetlarda o'sha vaziyat rasmlari tarqalib ketgan. U har safar meni qarorimni muhokama qilaverdi, bir marta gapirdim, ikki marta gapirdim. Jiddiy ohangda gaplashib olganimdan so'ng Karagunis tushundi va deyarli gapirmay qo'ydi. Tajribali futbolchiga imkon bersang haddidan oshishi mumkin.

O'zini tuta olmaydigan futbolchilar bilan uchrashmaganman, doim futbolchilar bilan til topishganman.

–Balotelli, Pepechi?

– Balotelli ishtirokidagi o'yinni boshqarganman, hech nima bo'lmagan. Pepe bilan hali to'qnash kelmadim. Barchamiz tirik insonlarmi. Agar siz uni hurmat qilsangiz, u ham sizni hurmat qiladi. Hakam degani maydonda qirolman degani emas, maydonda xohlagan ishni . Hakamning bosh maqsadi – futbol va futbolchilarni yonini olish. O'z harakatlarim bilan o'yinga xalal bermasligim kerak.

 

"YOSHLIGIMDA HAKAMLARNI YOMON KO'RARDIM"


–Keling hakamlik faoliyatingiz boshiga qaytsak. Qachon ota izidan ketishga qaror qilgansiz?

– Futbolchilik faoliyatimni jarohat tufayli erta tugatdim, otam bir necha marta hakamlikda o'zimni sinab ko'rishni taklif qilgandi. U bir vaqtning o'zida murabbiy va hakam bo'lgandi. O'zim esa juda qiziqqon futbolchi bo'lganman, hakamlarni yomon ko'rardim. SHu bois doim otamga yo'q derdim. Murabbiy bo'lishni istardim. Yosh murabbiylar uchun kurslarda o'qib licenziya ham olganman.

Keyin bir voqea bo'ldi. Har yakshanba Toshkent shahar chempionati bo'lardi, otam boshqarayotgan jamoa ishtirokidagi o'yinga hakam kelmay qoldi. Men stadionda edim. O'shanda otam baribir hakamlik qilishga majur qilgandi. Krossovkada, hakamlik formasi va kartochkalarsiz bitta hushtak bilan ishlaganman.

– Qanday bo'lgan?


– Eng qizig'i otamning jamoasi yutqazgan! Asosiysi – o'zim maza qilib ishlaganman. O'shanda atiga 19 yoshda edim. SHunday tarzda barchasi boshlandi. Otam shunday degandi: "Senda nimadir bor. Yoqdimi demak hakam bo'l". Kutilmagan holat tufayli hakam bo'lib qolganman.

Otam ingliz tilini o'rganishni tavsiya qilgandi. Maxsus kurslarga borib hakamlikni boshlagandim. Bu ham yordam berdi.

– Otangizni o'zi Sobiq ittifoq davrida qaysi chempionatlarda ishlagan?


– Ikkinchi ligada ishlagan. O'zbekistonda oliy ligada ishlagan. Deyarli 40 yoshga yaqin hakamlikni boshlaganlar. Asosan yoshlar murabbiy sifatida ishlagandi. Hozir u mening bosh tanqidchim. Agar o'yinni yaxshi o'tkazsam ham doim maslahatlar berib turadila. Qaerdadir o'ngroq, qaerdadir chaproqda turishing kerak deydilar...

– To'rt yil oldin sizni hamon ota-onangiz bilan birga yashashingizni eshitib hayron qolgandim...

– Hozir ham shunday. O'zbeklar hech qachon ota-onani tashlab ketmaydi. Tarbiyamiz shunday, odatlarimizga kshhra o'g'illardan biri ular bilan birga turadi. SHu bois otam, onam, xotinim va egizak farzandlarim birga yashaymiz. Bu biz uchun ajoyib.

– Onangizni aytishicha yoshligingizda ko'p bor kasal bo'lgan ekansiz.

– Ha. Sariq kasal bo'lganman, qizamiq toshgan, bolalar og'rishi mumkin deyarli barcha kasallik boshimdan o'tgan! Onamga rahmat, doim yonimda bo'lardilar. Hozir nimaga erishgan bo'lsa aynan ularning tarbiyasi tufayli.

– Bolalaringiz nima ish qilishingizni tushunishadimi?

– To'rt yoshli o'g'lim futbol ko'rishni yaxshi ko'radi. JCH-2014 doirasidagi Ekvador – SHveycariya uchrashuvidan oldin skaypda gaplashdik, unga ertaga hakamlik qilaman dedim. Javob tariqasida shunday dedi: "Dada, yashil forma kiying!" Tasavvur qiling kechqurun nazoratchi kelib menga shunday degandi: "Ravshan, senda yashil forma bo'ladi". O'g'lim to'g'ri topgandi! SHundan so'ng dadam aytganimni qilibdilar deb juda xursand bo'lgandi (kuladi).

– Aytgancha, o'sha o'yinning so'nggi daqiqasi uchun sizga qoyil. Sizni o'rningizda boshqa hakam bo'lganida 10ta hakamdan 10tasi jarima to'pi belgilab sariq kartochka berardi. Siz esa pauza qilib SHveycariyani hujumini kutib turdingiz. Natijada gol bo'ldi.

– 93-daqiqa edi. Barcha charchagandi – biz ham, futbolchilar ham. O'yin tush paytida o'tayotgandi! Doim bahsli vaziyatlarda shunday qaror qabul qilishga intilaman. O'sha vaziyatda yaratgan ham meni qo'llab yubordi.

To'p bilan bo'lgan shveycariyalik futbolchi oldida bo'sh joy bori edi. Agar raqib futbolchisi bo'lganida balki hushtak chalarmidim. Ammo bo'sh zona bor edi – shu bois pauza qildim. SHveycariyalik futbolchi yiqilib tushdi va darhol o'rnidan turib yugurib ketdi.



KUALA-LUMPURDAGI TO'RT DAQIQA


– Yana tarixga qaytamiz. To'rt yoshingizda velisoped simlari oyog'ingizga kirgandi va zararlanish boshlangani. O'shanda oyog'ingizni kesib tashlashlari mumkinligi rostmi?

– SHunday bo'lgandi.

– O'sha jarohat tufayli futbolchilik faoliyatingiz erta tugaganichi?


– Bu ham to'g'ri. To'pig'im juda nozik bo'lib qolgandi – bir necha marta singandi, chiqishlar bo'lgandi. Jarohat surunkaliga aylangandi, har qanday to'qnashuv natijasida jarohat olardim. SHifokor faoliyatingni yakunla deganida shokka tushganman. 7 yoshimdan futboldaman, uni sevaman. Bu o'yinni sevmay bo'lmaydi.

SHok holatdan chiqqach stadionga borardim, do'stlarim qanday futbol o'ynayotganlarini ko'rardim. Ko'zimga yosh kelardi, nahot boshqa futbol o'ynay olmasam? Juda og'ir davrlar edi. Ammo har qanday holat yaxshilikka deyishadiku. Yaratgangan rahmat: agar futbolchi bo'lganimdan balki hech nimaga erisha olmasmidim.

– Futbolni qanday o'ynardingiz?

– Qobiliyatim bor edi. Hujumchilar ortida o'ynardim. Paslar oshirishni yaxshi ko'rardim, sheriklarimni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishni istardim. Etakchilik hususiyati ham bor edi.

– Hozir futbol o'ynab turasizmi?

– Tavakkal qilmayman. Juda kamdan-kam holatda o'ynashim mumkin, o'shanda ham to'qnashuv bo'lmasligiga ishonch hosil qilsam o'ynayman.

– O'zbekiston – Jahon chempionatiga doim yaqin keladi, ammo hech qachon unda ishtirok etmagan. Siz esa JCH-2010 ochilish o'yinida, yarim finalida ishladingiz, rekordchi bo'ldingiz.

–2003 yilda (Ermatov o'shanda 25 yoshda edi. –"SE") o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga borganim omadim. O'shangacha ingliz tilini o'rgandim, FIFA materiallarini o'rganib chiqdim. Ammo aynan o'sha mundialda ko'p narsa o'rgandim. SHundan so'ng ishga bo'lgan munosabatim o'zgardi.

– Aynan qaysi jihatlari?

– Professionallik paydo bo'ldi. Tayyorgarlikda, o'yinlarni tahlil qilishda, tiklanishda. FIFA FIFAda haqiqatdan ham eng zo'r instruktorlar ishlashadi, yoshligimda bu katta maktab bo'lgandi. Finlyandiyadan so'ng hakamlikka kasb sifatida qaray boshlgandim. Mashg'ulotlarning kundalik rejalarini tuzishni boshladim.

– FIFAga azo bo'lgan ilk yildayoq sizga o'smirlar o'rtasidagi mundialga qanday qilib borgansiz?


– OFK o'sha yillarda FIFAning yangi hakamlari uchun seminarlar tashkil etardi. Kuala-Lumpurdagi seminarlardan biriga meni ham taklif qilishgandi. U erda 20 nafar hakam bor edi. Besh kunlik seminar yakunida bitta o'yin berishgan. Barchaga 4-5 daqiqa ishlash imkonini berishgandi. OFK hakamlar qo'mitasi boshlig'i suriyalik Faruk Buzo edi. O'sha o'yindan so'ng u men bilan gaplashib, bungacha nima qilganimni qanday qilib hakam bo'lganimga qiziqdi.

Uyga kelsam OCHL chorak finaliga tayinlanganimni bildim! O'shanda O'zbekistondan tashqarida hech qachon ishlamagandim, xalqaro tajribam yo'q edi! O'sha chorak final o'yinlari Xitoyda guruh bosqichi tarzida o'tkazilgan. So'ngra yarim finalga chiqish uchun hal qiluvchi o'yinga tayinlashgan. O'sha musobaqada Buzoning yordamchilaridan biri malayziyalik instruktor Nazri ishlagandi.

Keyin yana Osiyo bo'ylab tayinlanuv oldim –3-4 oydan so'ng o'smirlar mundialiga taklif oldim.

– Bunday yuqori saviyaga qanchalik o'rganib qoldingiz?

– Bu seminarlarda UEFA chempionlar ligasi, JCH va Evropa chempionatlarida ishlagan hakamlar qatnashishgandi. Qarasam biz ulardan kam emasmiz. Faqat ishlash kerak.


Davomi bor.

football.sport-express.ru saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика