Ravshan Ermatov Avstraliya - BAA uchrashuvini boshqaradi
25 jan 2015 14:32
Yangiliklar

Ravshan Ermatov Avstraliya - BAA uchrashuvini boshqaradi
Avstraliyada futbol bo'yicha Osiyo Kubogi bellashuvlari davom etmoqda.
Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov yarim finalda ham ishlaydigan bo'ldi. U Avstraliya hamda BAA terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvini boshqarib boradi. Unga qanotlarda odatdagidek, Abdulhamidullo Rasulov va Bahodir Qo'chqorov yordam berishadi. Ushbu o'yin 27 yanvar kuni Nyukasl shahridagi "Nyukasl" stadionida o'tkaziladi.
Osiyo Kubogi-2015
Yarim final, 14:00
Nyukasl, "Nyukasl" stadioni
Avstraliya - BAA
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
To'rtinchi hakam: Abdulrahmon Husayn (BAA)
Nazoratchi: Subhiddin Mohd Solih (Malayziya)
Komissar: Kamel Tokabaev (Qirg'iziston)
Bundan oldin Ermatov brigadasi guruh bosqichi doirasidagi Avstraliya - Quvayt, Qatar - Eron va Yaponiya - Iordaniya uchrashuvlarida ishlagandi.

Fikrlar