Ravshan Bozorov: "Uchrashuv oxirida gol urib, g'alabani "ilib" ketdik"
21 apr 2016 14:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205612_original.jpg)
![](/upload/storage/205612_220.jpg)
Ravshan Bozorov: "Uchrashuv oxirida gol urib, g'alabani "ilib" ketdik"
Uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Bozorovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Umumiy manoda aytganda, o'yin teng o'tdi. Har ikkala jamoada ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Yakunda biz gol urib, g'alabani "ilib" ketdik. Yomg'ir ham o'yinning borishiga o'z tasiri o'tkazdi. Yuz foizlik imkoniyatlarni inobatga oladigan bo'lsak, bu borada biz mezbonlarga nisbatan ustunlik qildik. Xususan, birinchi bo'limda futbolchimiz ikki marta raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Ikkinchi bo'limda esa, darvozabon yana bir bor o'z mahoratini namoyish qilib, mezbonlarni goldan qutqarib qoldi. "Zomin" menda iliq taassurot qoldirdi. Jamoa yaxshi shakllangan. Agar ular gol urishganida bizga qiyin bo'lishi mumkin edi.
Furqatbek Nishonov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar