Raul yana “SHalke”ga qaytishi mumkin
27 fev 2014 10:47
Yangiliklar


Raul yana “SHalke”ga qaytishi mumkin
“SHalke-04” klubi prezidenti Klemens Tyonnis jamoaning sobiq futbolchisi Raul Gonsalesga klubda ish taklif etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Raul Qatarning “Al-Sadd” klubida to'p surmoqda.
“Raul har doim qalbimizda bo'lgan. O'z vaqtida klub uchun katta ishlarni amalga oshirgan o'yinchini unitish qiyin. Agar Raul faoliyatini tugatgach klubimizga ishga kelishga qaror qilsa, biz unga qo'limizni ochib ish taklif qilgan bo'lardik, - Tyonnisning so'zlarini keltiradi Bild.

Fikrlar