

41 yoshli mutaxassis jamoa bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritib, murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrin egasiga aylandi. Raul klub boshqaruviga Alvaro Benitoning o'rniga tayinlangan edi. O'z navbatida Benito Ispaniya kubogining yarim finalida Realning Barselonaga yirik hisobda mag'lub bo'lganini (0:3) tanqid qilgani uchun iste'foga chiqarilgandi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, Raul instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga quyidagicha izoh qoldirdi:
Yoshlar uchun ajoyib mavcum bo'ldi! Chempionlikka erishgan buyuk jamoaning bir bo'lagi ekanligimdan faxrlanaman.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi 2015-yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandi.



