So’nggi yangiliklar

11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  0 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  0 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  3 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  3 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  11 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  6 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  19 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2

Raul Gonsales: “O'n yilda o'n bir murabbiy – “Real” uchun ko'p” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Raul Gonsales: “O'n yilda o'n bir murabbiy – “Real” uchun ko'p” (to'liq intervyu)

La Liganing Nyu-York shahridagi ofisi ochilishi arafasida “Real”ning afsonaviy futbolchisi Raul Gonsales “AS” nashri muxbirlari savollariga javob qaytardi.

Unda u hozirgi jamoa, pol Pogba va “Bernabeu”ga qaytishi haqida fikr bildirdi.

- Yangi Raul qanday?

- Qaysidir manoda boshqacha: endi keskin raqobatga dosh bera olmayman, lekin oldimda boshqa chaqiriq turibdi. La Liganing ofisini Nyu*-Yorkda ochish. Bu juda ajoyib bo'ladi. Hozir o'zimizni muvaffaqiyatli tavsiya qilish uchun turli rejalarni ishlab chiqyapmiz. SHimoliy Amerika bozori biz uchun muhim hisoblanadi. Barcha AQSHda ochiladigan imkoniyatlar tufayli ishlashni xohlaydi.

- Futbol rostdan ham amerikang'cha futbol, beysbol va basketbol bilan raqobatlasha oladimi?

- U o'ziga xos raqobatni yuzaga keltiradi. MLS o'yinlarigacha o'rtacha tashrif o'tgan mavsumda 21 ming nafarni tashkil qildi. SHu bilan birga ligada har bahsiga o'rtacha 45 mingdan muxlis keladigan jamoalar mavjud.

- Xorxe Valdano futbolning globallashuvi tufayli bu o'yin tizimini yo'qotganini takidladi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Futbol olamida tizim va o'yin uslubi haqida qayg'uradigan insonlar bor. Birinichi o'rinda o'z futbolchilarini bilib, ularga jamoada erkinlik yaratib berish lozim. Yutqazishdan ko'rqib ko'plab o'yinlar o'tkazganman, biroq bazida g'alabani tomoniga og'dirishga urinmaydigan jamoalar o'yinini ko'rganimda bu men uchun afsuslanarli holdir.

- “Atletiko” va “Lester” aynan o'z uslubi tufayli g'alabalarga erishdi.

- Albatta, hech kim ularning natijalarini pastga ura olmaydi. Hatto ular o'z imkoniyati darajasida o'ynamayotgan yaxshi jamoalar deb aytgan bo'lardim. “Atletiko”da futbolga nisbatan o'z tushunchasi bor va bu ularga ikki bor CHempionlar ligasida finalga chiqishga imkon berdi, La Ligada zafar quchdi. Bu jamoa muxlislari bemalol g'alabalar bilan faxrlanishlari mumkin.

- Xavi katta jamoa “Atletiko” kabi o'ynamasligini aytganda haq edimi?

- Har bir insonning bu jihat bo'yicha fikri bor: “Real” o'ynagan davrimda g'alaba chiroyli futbol orqali qo'lga kiritilishi kerak edi. Boshqa tomondan “Atletiko” finalgacha “Barselona” va “Bavariya”ni turnirdan chiqarib yubordi. Milanda ular g'alabaga yaqin kelishgandi.

- Sizga Gvardiola uslubi Simeonikidan ko'ra yaqinroqmi?

- Menga hujumkor o'yin yoqadi. O'yin boshidan hujumga o'tib, raqobatga asoslangan futbol ko'rsatish kerak. O'yinni o'z qo'lingda ushlab turish barqarorligiga ega bo'lish muhim. Bellashuvning ishqibozlar yuragida qolishi ahamiyatli. Yarim finalda “Real” va “Siti” o'rtasidagi to'qnashuvlarda “Real” qarshi hujumlarda juda yaxshi o'ynadi, biroq jamoalarning yutqazishni xohlamayotgani ko'rinib turdi.

- Murabbiy Raul qanday o'ynagan bo'lardi?

- Aytish qiyin: CHempionlar ligasida o'ynaydigan va qolishga urinadigan jamoalarni boshqarish o'rtasida farq katta.

- O'z vaqtidap Zidanni murabbiy bo'ladi deb o'ylamasligingizni aytgansiz. Nega?

- O'shanda menga shunday tuyulgandi: uni murabbiy sifatida ko'rmagandim. Faoliyatini tugatgach, Zidan turli lavozimlarda ishladi. So'ng Anchelottiga yordam berdi va “Kastilya”ni boshqardi. Menimcha, u doimo ichida nimanidir yashirib kelgan. Zidan ishga kirishgandan beri muntazam o'sib bormoqda.

- Uning muvaffaqiyatlari siri nimada?

- U o'z o'yinchilariga ishonadi va ularni kuchiga ishonishga majbur etadi. Kelasi mavsum uning uchun qiziqarli kechadi. Ayni paytda u qiyin vaziyatda – jamoani tayyorlash va reja tuzish ishlari bilan band.

- 13 yilda 11 murabbiy ko'pmi? Buning hammasi Florentino tufaylimi?

- Ha, ko'p. O'ynagan davrimda ham murabbiylar tez-tez almashardi. Dastlabki 6 yilda Valdano, Arsenio, Kapello, Xaykens, Kamacho va Xiddink bilan ishlaganman. Keyin Del Boske kelgandi.

- Del Boske ketganda jamoa nimalarni yo'qotgan?

- 4-5 yillik almashinishlardan keyin u klubni o'z doirasiga qaytargan. Bu qarorni qabul qilishda klub o'shanda eng to'g'ri bo'lmagan tanlovni qabul qilgandek bo'lgan. Lekin futbol va hayotda faqat oldinga qarash lozim. Visenteda Ispaniya terma jamoasida ham shunga o'xshash holat bo'ldi. U Luis Aragones ketgach, yakdil jamoa tuza oldi va Braziliyadagi jahon chempionatidan keyin yana raqobatbardosh jamoa tuzdi.

- U “Real” uchun Fergyuson bo'lishi mumkinmidi?

- Ha, bu ro'y berishi mumkin edi. Del Boskeda klubda qolish uchun barcha imkon bor edi. Lekin futbolda har narsa ro'y berishi mumkin. Ich-ichimdan o'zgarishlar kerakligiga esa ishonaman. Hamma Fergyusonning “Yunayted” uchun ko'p vaqt ishlaganini takidlagan holda Vengerni “Arsenal”da uzoq qolib ketganini tanqid qiladi.

- “Real”ga sport direktori zarurmi?

- Bu savol klub prezidentiga.

- Siz buning uchun ideal nomzod bo'lishingiz mumkin.

- O'ylashimcha, har bir erda klub va o'yinchilar o'rtasida aloqani saqlab turadigan shaxsga ega bo'lish darkor. Hozir “Real”da bunday inson yo'q. SHunga qaramay, jamoa oxirgi uch yilda ikki bor CHempionlar ligasida g'alaba qozondi.

- Jamoa Pogba bilan shartnoma tuzishi kerakmi?

- Bunga ishonchim komil emas: Pogba – ajoyib o'yinchi. O'ylaymanki, murabbiy Pogba qay tariqa raqobatga dosh berishi va hozirgi jamoa hamda uning uslubiga ko'nikib ketishi to'g'risida o'ylamoqda. Jamoa malum poziciyalarni kuchaytirishi kerak deb o'ylayman. Har bir jamoaga barqarorlik va tenglikni taminlab turadigan o'yinchi kerak. Lissabonda “Real” CHempionlar ligasini yutganda Di Mariya shunday rolni bajargandi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика