Raul: "Real" "Chelsi"ni mag'lub etishiga ishonaman"

Оқил Абдубарноев
29 mar 2022
Madridning "Real" klubi sobiq sardori Raul Gonsales Madrid klubining "Chelsi" jamoasiga qarshi kechadigan o'yinidan kutayotganlari to'g'risida o'rtoqlashdi.

Ispaniyalik futbolchi Anchelotti shogirdlarining bu duelda g'alaba qozonishlariga shubha qilmayapti.

"Albatta, "Real" "Chelsi"ni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishiga ishonaman. Biz Ispaniya chempionatida birinchimiz, asosiy evrokubokning chorak finaliga chiqdik", - dedi Raul.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Real Madrid" Chempionlar ligasi yarim finalida "Chelsi"ga umumiy 1:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Joriy qur'adagi jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 7 aprel, payshanba kuni "Stemford Brij"da Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca