So’nggi yangiliklar

09:15“Реал Мадрид“ иккита ҳимоячи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:48АПЛ футболчиси кома ҳолатига тушиб қолди  1 08:10Анчелотти Бразилия МТЖга мамлакат футболи афсонасини ёрдамчи мураббий сифатида таклиф қилмоқчи  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  8 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  8 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  6 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  20 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2

Rauf Inileev: "Obod"ni bekorga o'zbekning "Lesteri" deb atashmadi" Yangiliklar

Rauf Inileev: "Obod"ni bekorga o'zbekning "Lesteri" deb atashmadi"

Toshkentning "Obod" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Rauf Inileevning qura haqidagi fikrlari va jamoaga qanday kelib qolganliklari bilan qiziqdik.


"Menga "Obod" klubi rahbariyati ancha oldin taklif bilan chiqqandi. O'shanda men ularga javobni yil oxirida aytishimni bildirgandim. CHunki sog'lig'im bilan muammolar bo'lgandi. Dekabrda esa klub prezidenti telefon qildi va jamoada ishlashimni taklif etdi.

Umuman olganda "Obod" jamoasini kuzatib borgandim. Menga bu jamoa juda yoqdi. Har qanday jamoa birinchi yili oliy ligada o'ynaganda ko'plab qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Meni o'zim ikki marta boshqargan jamoalarimni oliy ligaga olib chiqqanman. Lekin u jamoalar o'sha yiliyoq yana pastga ravona bo'lishardi. "Obod" esa xarakter ko'rsatdi va oliy ligada qoldi.

"Obod"ni bekorga o'zbekning "Lesteri" deb atashmadi. Bu albatta yoqimli holat. Jamoada xarakter bo'lishi bu muhim jihatlardan bittasi. "Obod"da asosan yosh istedod sohiblari to'p tepishadi. Bu ham yaxshi. Ayni paytda jamoamizda to'purar futbolchi paydo bo'lgan. SHohruz Norxonov o'zining yorqin o'yinlari bilan terma jamoaga nomzod futbolchiga aylandi.

Bugun qura tashlash marosimida muxlislarni yana stadionga qaytarish masalasi ko'tarildi. Toshkentda "Obod" juda ham katta bo'lmagan stadionda o'ynasa ham uning o'yiniga muxlislar tashrifi kam emasligi quvonarli holat. "Obod" muxlislar tashrifi bo'yicha ancha yillar oldin tashkil etilgan jamoalarni ortda qoldira oldi. Bu juda yoqimli holat.

SHuni alohida qayd etish kerak, "Obod" uchun yangi mavsum juda qiyin bo'ladi. CHunki har safar ikkinchi yili futbolda o'ta qiyin kechadi. O'tgan yili jamoalar "Obod"ni birinchi liga jamoasi sifatida qabul qilgandi. Endilikda esa jamoalar bizga jiddiy raqibdek munosabatda bo'lishadi. SHu bois endi yanada ko'proq ishlash, ter to'kishga to'g'ri keladi. O'ylaymanki, jamoada xarakter bo'lsa, unda jamoa klub rahbariyati qo'ygan vazifani uddalay oladi.

Tarkibni kuchaytirish? Albatta har bir murabbiy jamoasini kuchli futbolchilar bilan kuchaytirishni istaydi. Lekin bu klubning siyosati shundan iboratki, bu erda ko'proq yosh futbolchilarni tarbiyalashga etibor qaratiladi. Ammo bazi poziciyalarni tajribali futbolchilar bilan to'ldirish lozim. Busiz iloji yo'q. Boshqa jamoalar safida oliy ligada tajriba to'plagan futbolchilarni "Obod"ga olib kelish rejamizdan o'rin olgan.

Qura? Qura bizning xohishimizga bog'liq emas. Bu avtomatik ravishda bo'ladigan jarayon. Umuman olganda qura yomon bo'lmadi. CHempionatni Namanganda boshlashimizni yoqimli tarafi shundaki, "Navbahor"ning o'yinlariga asosan juda ko'p minglab ishqibozlar tashrif buyurishadi va bunday muhitda o'ynash o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Ikkinchi turda bu yilgi oliy ligada qolish uchun kurashgan raqib "Qo'qon-1912" bilan o'ynaladi. Lekin 3-turga kelib raqib ancha jiddiylashadi. "Buxoro" so'nggi yillarda ancha kuchaymoqda va bu jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgani fikrimga tasdiq bo'la oladi. Ularga qarshi o'yin qiyin o'tishi shubhasiz. Buxoroda o'tgan yili eng muxlislar tashrif buyurishdi. Demak u erda ham futbol havosi kezmoqda. Umuman olganda, qura jamoamiz uchun yomon kelmadi", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi "Obod" jamoasining yangi bosh murabbiyi Rauf Inileev.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.


Rauf Inileev "Obod"ni bekorga o'zbekning "Lesteri" deb atashmadi", deb nimaga shama qilyaptilar?

"Lester" ham Angliya premer ligasidagi debyut mavsumda APLda jon saqlab qolgandi va keyingi yili chempion...

Yaxshi niyat qilgan bo'lsalar kerak. Nima ham derdik, Rauf Talgatovichga ham Klaudio Ranerining yo'lini bersin deymiz... 

2007 yil Osiyoning eng yaxshi murabbiyi "Obod" rahbariyati bilan uchrashdi

Rasman: Rauf Inileev - "Obod" bosh murabbiyi

FOTOGALEREYA. Oliy liga-2017. Qura tashlash marosimi

Oliy liga-2017. Qura tashlandi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика