So’nggi yangiliklar

16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  3 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  1 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  3 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  3 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  18 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  9 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  17 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26

Rasul Rahmonov: "Bugun Andijonda olti ochkoli o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Rasul Rahmonov: "Bugun Andijonda olti ochkoli o'yin bo'ladi"

O'zbekiston chempionati 18-tur doirasidagi ”Andijon”– “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin “Andijon” o'rinbosarlar tarkibi murabbiyi Rasul Rahmonovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo o'rinbosarlar o'rtasidagi o'yin haqida to'xtalsam. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Qo'qon jamoasidan bunchalik uyushqoqlik va tezlik kutmagan edim. Ular men kutgandan yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi. Biroq omad bizga kulib boqdi. SHogirdlarim yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. O'rinbosarlar tarkibi bilan bu mavsum sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz.

Asosiy jamoalar o'rtasidagi bahs esa, shubhasiz olti ochko uchun o'yin bo'ladi. Bizgayam , Qo'qon jamoasigayam ochko suv va havodek zarur. Andijon jamoasi ilgarigi mavqeini tiklash uchun harakat qilmoqda. Har bir o'yinda g'alabani  ko'zlab maydonga tushmoqdamiz. Qo'qonliklar ham osonlikcha ochko beradigan jamoa emas. Bugungi bahs muxlislar uchun judayam qiziqarli bo'ladi  – deydi Rasul Rahmonov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика