Rasmiy xabar: "Turon" o'z safiga serbiyalik futbolchini qo'shib oldi
26 jan 2021 20:10
Yangiliklar


Rasmiy xabar: "Turon" o'z safiga serbiyalik futbolchini qo'shib oldi
Bu haqda "Turon" FK matbuot xizmati xabar bermoqda.
"O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Turon" tarkibni kuchaytirish maqsadida transferlarni davom ettirmoqda. Xususan, bugun Serbiya va Greciya davlatlarida to'p tepgan tajribali yarim himoyachi Sinisha Babich jamoamiz bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.
Sinisha Babich bugunga qadar "Proleter Noviy Sad" (2012-2015), "Voyvodina" (2015-2017), "Radnichkinish" (2017-2018), "Krupa Vrbasu” (2018-2019), "Proleter Noviy Sad" (2019-2020) klublari safida harakat qilgan.
"Turon" futbol klubi jamoasi Sinisha Babichga klubimizdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi", deb yoziladi xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar