So’nggi yangiliklar

15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  3 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  4 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  9 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  2 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11

Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - Dinamo bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - Dinamo bosh murabbiyi

Xabaringiz bor, chorshanba kuni Dinamo klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Jamoaning Superliga ikkinchi davrasidagi muvaffaqiyatsiz natijalari bois, bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

Oldinroq xabar berilganidek, klub bir qator murabbiylar bilan muzokara olib bordi va bosh murabbiy borasida yakuniy to'xtamga keldi.

25 sentyabr kuni Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov bilan o'zaro uchrashuvdan keyin tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

SHu kuni «Dinamo» futbol klubi qarorgohida yig'ilish o'tkazilib, unda klub homiylari va rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda jamoa futbolchilariga bosh murabbiy sifatida Tachmurod Agamurodov tanishtirildi.

Yangi bosh murabbiy bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolanib, Tachmurod Agamurodov oldiga «Dinamo» jamoasini Superligada olib qolish vazifasi yuklandi. Ushbu vazifa bajarilsa, bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytiriladi.

Malumot uchun, turkmanistonlik tajribali murabbiy 2007 va 2014 yilgi mavsumlarda ham «Dinamo» jamoasida faoliyat olib borgan edi.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика