Rasmiy xabar: "Surxon" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, lekin klubda qoldi
29 iyu 2020 21:38
Yangiliklar


Rasmiy xabar: "Surxon" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, lekin klubda qoldi
"Qo'qon-1912" jamoasiga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Bahrom Haydarov o'z xohishiga ko'ra "Surxon" futbol klubi bosh murabbiyligini tark etdi.
Bu Haydarovning klubni to'liq tark etdi degani emas. Murabbiy klubda boshqa lavozimda ishlashda davom etadi.
Klub bir qator murabbiylar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yakuniy to'xtamga kelguncha qadar, mashg'ulotlarni Vladimir Andreev olib boradi", deb yozadi "Surxon" matbuot xizmati.
Malumot uchun, bugun saytimizda Aleksandr Xomyakov "Surxon"da ish boshlagani haqida xabar chiqqandi. Rossiyalik murabbiy jamoa mashg'ulotlarini o'tkazgani haqida ham xabarlar mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar