Rasmiy xabar: SHohruh Gadoev - "Bunyodkor" futbolchisi
29 iyu 2019 18:43
Yangiliklar


Rasmiy xabar: SHohruh Gadoev - "Bunyodkor" futbolchisi
So'nggi ikki mavsumni Janubiy Koreyada o'tkazgan yarim himoyachi SHohruh Gadoev «Bunyodkor» azosiga aylandi. O'zbekistondagi oxirgi klubi aynan «Bunyodkor» bo'lgan SHohruh yana jamoamiz libosida to'p suradi. Bugun Gadoev bilan bog'liq hujjat ishlari rasmiylashtirildi. Umid qilamizki, Gadoev o'zining ajoyib o'yinlari bilan «Bunyodkor»ning g'alabalariga munosib hissa qo'shadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston transfer oynasi 5 avgust kuni yopiladi. «Bunyodkor»dan yangilik kutishda davom eting.
MA'LUMOT UCHUN
SHOHRUH GADOEV
Tug'ilgan sanasi: 31.12.1991
Ampluasi: yarim himoyachi, vinger
Bo'yi: 174sm. Vazni: 68kg
Futbolchilik faoliyati
«Nasaf» - 2012-2015 yillar
«Muharraq» (Bahrayn) – 2015-2016 yillar
«Bunyodkor» - 2016 yil
«Buxoro» - 2017 yil
«Bunyodkor» - 2017 yil
«Tejon Sitizen» (Janubiy Koreya) – 2018-2019 yillar
O’xshash yangiliklar

Fikrlar