So’nggi yangiliklar

23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  2 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  3 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:25ЕЧЛ. "Бавария" – "Спортинг". Таркиблар маълум  1 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  10 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  1 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5 20:03Эрон чемпионати. "Трактор" "Зоб Оҳан" билан дуранг ўйнади, Ҳамробеков бир бўлим ҳаракат қилди  1 19:41"Хоразм" футзал клуби ташкил этилди  5 19:17Эрон пойтахтида учта йирик стадион қурилади  3 18:38АПЛнинг нархи ошган ва тушган футболчилари: Абдуқодир Ҳусановнинг қиймати қанча?  2 18:12АПЛда футболчиларни жароҳатдан асраш учун янги қоида кучга киради  4

Rasmiy xabar: "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi No'mon Hasanov istefoga chiqarildi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi No'mon Hasanov istefoga chiqarildi

Kecha “Qo'qon-1912” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi. Jamoani vaqtinchalik Aziz To'xtaboev boshqarib turadi.

No'mon Hasanov 2016 yilning 2-davrasida "Qo'qon-1912"ni juda qiyin vaziyatda qabul qilib olgan edi. Tajribali murabbiy “Qo'qon-1912” jamoasini qiyin bo'lgan vaziyatda , kuchlilar safida olib qolishni uddmasidan chiqdi. Qolaversa No'mon Hasanov murabbiylik qilgan davrda juda ko'plab yutuqlarga erishildi. Jumladan “Qo'qon-1912” jamoasi 2017 va 2019 yillarda Farg'ona viloyat hokimi kubogi g'olibi bo'ldi. SHuningdek 2017 yilda Qo'qon futboli tarixidagi eng uzoq mag'lubiyatsiz seriya takrorlandi. Jamoa 2-turdan 13-turgacha 11ta o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmadi. “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkentda vatanimizni grand jamoalari “Paxtakor” , “Lokomotiv” jamoalaridan ochko tortib olishga erishdi. “Bunyodkor” jamoasi o'z maydonida mag'lub etildi.

No'mon Hasanov davrida “Qo'qon-1912” futbol klubidan O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibiga 3 nafar futbolchi taklif qilindi hamda bu futbolchilar Osiyo miqyosidagi yirik halqaro musobaqalarda vatanimiz shanini munosib himoya qilishdi. No'mon Hasanov murabbiylik faoliyati davomida yosh futbolchilarni tarbiyalashga ham jiddiy etibor qaratdi. Jumladan Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov kabi futbolchilar nafaqat “Qo'qon-1912” futbol klubining balki O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining ham asosiy futbolchilari bo'lib etishishida bosh murabbiyning xizmatlari katta bo'ldi. No'mon Hasanov "Qo'qon-1912"ga bosh murabbiy bo'lib kelgan vaqtda asosiy maqsadi qo'qonlik futbol muxlislarini stadionga qaytarish ekanligini takidlagan edi. Darhaqiqat o'tgan mavsumlarda Qo'qondagi “Markaziy” stadioni muxlislar bilan to'lib toshdi. “Qo'qon-1912” jamoasi o'z muxlislariga juda ko'plab quvonchli va hayajonli daqiqalarni hadya qildi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi No'monjon Nurmatovichga jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz No'mon Hasanovga mustahkam sog'lik, kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi.



Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика