Rasmiy xabar: “Portu” futbolchisi “Lokomotiv M”ga o'tdi
06 okt 2020 20:20
Yangiliklar


Rasmiy xabar: “Portu” futbolchisi “Lokomotiv M”ga o'tdi
“Portu” hujumchisi Ze Luish RPLga qaytdi va u “Lokomotiv” azosiga aylandi.
“Ze Luish “Portu”dan “Lokomotiv”ga o'tdi. SHartnoma uch yilga mo'ljallangan. Avvalroq, hujumchi “Jil Visente”, “Braga”, “Videoton”, “Spartak” va “Portu” jamoalarida o'ynagandi. U butun faoliyati davomida 278 bahsda maydonga tushib, 95 ta gol urgan va 36 uzatmani amalga oshirgandi”, deya yoziladi moskvaliklar xabarida.
29 yoshli forvard Kabo-Verde termasi azosi hisoblanadi. U milliy jamoada 19 o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritgan. O'tgan mavsum esa Ze Luish Portugaliya chempionatida 19 bahsda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar