Rasmiy xabar: O'FA O'zbekiston terma jamoasining yangi murabbiyi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
12 avg 2021 21:02
Yangiliklar
Rasmiy xabar: O'FA O'zbekiston terma jamoasining yangi murabbiyi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
Xabaringiz bor, O'FA tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo'yicha bir qator ishlar olib borildi.
Bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o'rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko'ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanec nomzodi maqul deb topildi.
O'FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og'zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanec o'zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o'tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Fikrlar