Rasmiy xabar: Nemanya Yovanovich “Andijon”da
05 mar 2016 11:04
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Nemanya Yovanovich “Andijon”da
Avval xabar berganimizdek, “Andijon” jamoamiz safiga serbiyalik futbolchi kelib qo'shilishi lozim edi.
Nihoyat kutilganidek Nemanya Yovanovich kuni-kecha “burgutlar” lagerida paydo bo'ldi. O'tgan mavsum “Olmaliq” sharafini himoya qilgan hujumchi joriy yilni ham yurtimizda o'tkazadigan bo'ldi. Aytish kerakki, Yovanovich bunga qadar Qozog'iston premer ligasida ham ishtirok etgan.
32 yoshli futbolchining kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar