Rasmiy xabar: "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi Toshkentda o'tadi, uning vaqti o'zgardi
06 mar 2019 13:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/481222_original.jpg)
![](/upload/storage/481222_220.jpg)
Rasmiy xabar: "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi Toshkentda o'tadi, uning vaqti o'zgardi
"Navbahor" matbuot xizmati Superliganing 1-tur doirasidagi “Navbahor” – “Qo'qon - 1912” uchrashuvi Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazilishi xususida xabar bergandi.
Mazkur “vodiy derbisi” Toshkent shahriga ko'chirildi. “Navbahor” – “Qo'qon - 1912” jamoalari bahsi Toshkentdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. Bu haqda "Navbahor" klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, vodiy derbisi 10 mart kuni soat 15:00 da boshlanadi.
PFL bu o'yin soat 16:00da boshlanishi haqida xabar tarqatgan edi. 10 mart kuni soat 14:00da Termizda "Surxon" - "Metallurg" o'yini boshlanishi rejalashtirilgan. Demak yoki Termizdagi, yoki Toshkentdagi bahs SPORT TV orqali jonli olib berilmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar