

Mazkur “vodiy derbisi” Toshkent shahriga ko'chirildi. “Navbahor” – “Qo'qon - 1912” jamoalari bahsi Toshkentdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. Bu haqda "Navbahor" klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, vodiy derbisi 10 mart kuni soat 15:00 da boshlanadi.
PFL bu o'yin soat 16:00da boshlanishi haqida xabar tarqatgan edi. 10 mart kuni soat 14:00da Termizda "Surxon" - "Metallurg" o'yini boshlanishi rejalashtirilgan. Demak yoki Termizdagi, yoki Toshkentdagi bahs SPORT TV orqali jonli olib berilmaydi.



