

Klub rahbariyati jamoa o'yinchilariga murabbiylar shtabidagi o'zgarishlarni ma'lum qildi. Unga ko'ra bugundan e'tiboran jamoa bosh murabbiy lavozimida chernogoriyalik Vesko Steshevich faoliyat yuritadi.
Vesko Steshevich tajribali mutaxassis. U 57 yoshda, 1965 yilning 18 dekabrida tug'ilgan. Mazkur murabbiyning so'nggi jamoasi Rossiya Federatsiyasining Arsenal (Tula) klubidir. Unga qadar Podgorica, Dechich, OFK Grbal, Mlalost, Al Faysali, Rostov, Dinamo (Moskva), Amkar (Perm) jamoalarida faoliyat yuritgan. Arsenal da tajribali Miodrag Bojovich shtabida ishladi.

Steshevich o'zi bilan Metallurg jamoasiga yordamchi sifatida Nenad Vukchevishni ham olib keldi. Nenad 48 yoshda, 1974 yilning 25 noyabr sanasida Chernogoriyaning Podgorica shahrida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatida hujum chizig'ida o'ynagan. Sobiq Yugoslaviya, Gretsiya, Shvetsiya klublarida to'p surgan. Futbolchilik faoliyatini tugatgach, murabbiylik sohasida tahsil oldi. UEFA licenziyasini qo'lga kiritgach o'zi tug'ilib o'sgan Chernogoriyaning Spartak (Subbotitsa), Petrovas, Podgoritsa jamoalarida ishladi.
Avvalroq saytimizning eshitdik-da rukni orqali bu haqida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Metallurg"ning yangi murabbiyi kim ekanligi ma'lum



