Rasmiy xabar. Ivan Yosovich - “Qo'qon-1912” futbolchisi
30 jan 2020 20:51
Yangiliklar
Rasmiy xabar. Ivan Yosovich - “Qo'qon-1912” futbolchisi
“Qo'qon-1912” jamoasi yig'inlarida ishtirok etib kelayotgan serbiyalik himoyachi Ivan Yosovich bilan rasman shartnoma imzolandi.
Toshkentdagi yig'in chog'ida “Qo'qon-1912” klubi lageriga kelib qo'shilgan legioner futbolchi o'tgan davr mobaynida murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirdi. Bugun Yosovich jamoamiz bilan bir yillik bitim imzoladi.
Malumki, so'nggi yillarda serbiyalik o'yinchilar “Qo'qon-1912” klubi safida muvaffaqiyatli to'p surib kelishmoqda. Bunga misol sifatida Darko Gojkovich va Marko Milichni aytib o'tish mumkin.
Malumot uchun:
To'liq ismi -Ivan Yosovich
Tug'ilgan sana – 27 dekabr 1989 y. (30 yosh)
Tug'ilgan shahri – Ivanica, Serbiya
Buyi: 1,85 m
Vazni: 75 kg
Ampluasi:Markaziy himoyachi
O'ynagan jamoalari:
Yavor (Ivanica) – 2010-2015
Borak – 2015
Yavor (Ivanica) – 2016 – 2019
Indjiya – 2019

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar