Rasmiy xabar: Hoshimov yana “Navbahor”ga qaytdi
10 avg 2020 20:30
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Hoshimov yana “Navbahor”ga qaytdi
Yozgi transfer “darchasi”ning ilk kunidayoq "Navbahor" tarkibni kuchaytirishni boshladi.
“Navbahor” bugun tajribali himoyachi Davron Hoshimov bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Mazkur futbolchi 1992 yilning 24 noyabr kuni tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor” (Toshkent, 2011 – 2017 yillar), “Navbahor” (Namangan, 2018 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2019 yil – 2020 yilning 1-davrasi) jamoalarida to'p tepgan.
Tajribali himoyachi 2018 yilgi mavsumda “lochinlar” tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 2049 daqiqa harakat qilgan hamda “Navbahor”ning 14 yillik tanaffusdan so'ng, bronza medalini qo'lga kiritishida o'zining munosib hissasini qo'shgandi.
Bir yarim yillik tanaffusdan so'ng, Davron Hoshimov yana "Navbahor" safiga qaytdi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar