Rasmiy xabar. Darko Stanoevich "Neftchi" futbolchisi
21 jan 2021 18:02
Yangiliklar


Rasmiy xabar. Darko Stanoevich "Neftchi" futbolchisi
Yangi futbol mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasining transfer sohasidagi faoliyati davom ettirilmoqda.
Bugun klub ixtiyoriga mamlakatimizning "Navbahor", AGMK, "Surxon","Mashal" singari jamoalarida legioner maqomida yorqin o'yinlari bilan nom qozongan serbiyalik tajribali himoyachi Darko Stanoevich kelib qo'shildi va shu kunning o'zida futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolandi. Kunning ikkinchi yarmida tajribali himoyachi "Neftchi"ning o'quv-yig'in mashg'ulotlaridagi harakatini boshlab yubordi.
Aytib o'tish joizki, yaqin kunlarda jamoaga yana bir tajribali legioner hujumchining kelib qo'shilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar