So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  3 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Rasmiy xabar: Bunyodkorni ikki nafar futbolchi tark etdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Bunyodkorni ikki nafar futbolchi tark etdi

Barchaga malumki, yakunlangan mavsumning ikkinchi qismida Bunyodkor o'z safini ikki nafar legioner bilan to'ldirgan edi.

Yarim mavsum davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan ukrainalik Evgeniy CHumak hamda rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy «qaldirg'ochlar»ni tark etdi. Klub rahbariyati legionerlar bilan uchrashdi. O'zaro suhbatdan so'ng futbolchilar jamoa bilan do'stona kayfiyatda xayrlashdi. Aytish kerak, «Bunyodkor» har ikkala legionerga ham shartnomada ko'rsatilgan oylik-maoshlarni to'lab berdi. Yani, klubning futbolchilar oldida qarzi yo'q.

Evgeniy CHumak: - Ochig'i, shunday sharoitga ega klubda to'p surganimdan xursandman. Akademiya, maydonlar, asosiy stadion – to'g'risi, ilk bor ko'rganimda shok holatiga tushgan edim. «Bunyodkor»ni CHempionlar Ligasining saralash bosqichiga yo'l olgani bilan tabriklayman! Jamoa guruh bosqichiga chiqishi tilakdoshiman!

Dmitriy Ostrovskiy: - Avvalo klubda ishlayotgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, xususan murabbiylar shtabiga. Ular bilan yaxshi davrlarni o'tkazdim. «Bunyodkor»da murabbiylardan tortib, shifokoru, uqalovchilargacha hamma o'zining ishini ustasi ekan. SHuning uchun bu erda o'tkazgan vaqtimga achinmayman. Rahbariyat oylik-maoshlarimizni berib, biz bilan hisob-kitob qildi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика