Rasmiy xabar. Azizjon G'aniev "SHabab Al Ahli" bilan shartnoma tuzdi
03 fev 2020 19:17
Yangiliklar


Rasmiy xabar. Azizjon G'aniev "SHabab Al Ahli" bilan shartnoma tuzdi
Bu haqda "SHabab Al Ahli" klubi rasmiy sayti xabar berdi.
O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi yarim himoyachisi faoliyatini BAAda davom ettiradi. Biroq uning qancha muddatga shartnoma tuzgani haqida malumot berilmagan.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Nasaf" ushbu transfer orqali taxminan 5-6 milliard so'm ishlab olgan.
"SHabab Al Ahli" klubi OCHL-2020da "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olgan. 10 fevral kuni ushbu jamoa Toshkentda mehmon bo'ladi. OCHL guruh bosqichiga futbolchilarni dastlabki o'yin bo'lishiga 7 kun qolganida ro'yxatdan o'tkazish mumkin.
"SHabab Al Ahli"da ayni paytda argentinalik Rodolfo Arrubarena bosh murabbiy bo'lib ishlmoqda. Klub 14ta turdan so'ng BAA chempionatida 36 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar