So’nggi yangiliklar

10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболcи учун курашда енгилди  3 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  5 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  23 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  20 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  5 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0

Rasmiy xabar: Aleksandr Kasyan - AGMK futbolchisiga aylandi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Aleksandr Kasyan - AGMK futbolchisiga aylandi

O'tgan yili yangi tarix yaratgan AGMK jamoasi 2021 yilgi mavsumda ham yuksak maqsad va yuqori marralarni ko'zlamoqda.

Tarkibni yanada kuchaytirishga intilayotgan AGMK yangi yildagi ilk transferga qo'l urdi. Mahoratli hujumchi, ukrainalik Aleksandr Kasyan erkin agent sifatida AGMK bilan shartnoma imzoladi. Kasyan 1989 yil 27 yanvar kuni Ukrainaning Doneck viloyatida tavallud topgan. Tajribali hujumchi faoliyati davomida Ukrainaning “Ilichevec” (Mariupol), “SHaxtyor” (Doneck), “Zarya” (Lugansk), “Karpati” (Lvov), Rossiyaning “Tom” (Tomsk), “Ximik” (Dzerjinsk), “Fakel” (Vorenej), “Baltika” (Kaliningrad) va Kurskning “Avangard” jamoalari sharafini himoya qilgan. 2019 yildan etiboran O'zbekiston Superligasida o'ynayotgan mahoratli hujumchi «Navbahor» (2019) va «Surxon» (2020) jamoalaridagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish.

2021 yildan etiboran esa mazkur hujumchi AGMK libosida muxlislarni xursand etish va AGMK g'alabalariga hissa qo'shish uchun maydonga tushadi.

Kasyan faoliyati davomida turli jamoalarda Ukraina, Rossiya va O'zbekiston Superligasida raqiblar darvozasini 59 marotaba ishg'ol qilgan.

AGMK bilan shartnoma imzolaganidan mamnun bo'lgan hujumchi ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Aleksandr Kasyan: «AGMK bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. O'ylaymanki, yangi mavsumda jamoa bilan Superliga va OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etamiz va katta g'alabalarni ko'zlaymiz. 2021 yil AGMK uchun muvaffaqiyatli va omadli bo'lishiga umidvorman. AGMKga gollarim bilan yordam berishga, jamoam g'alabalariga hissa qo'shish uchun maydonda 200% kuch bilan maksimum harakat qilishga vada beraman. Menga ishonch bildirgan bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga va klub rahbariyatiga rahmat. Futbolchilar va murabbiylar shtabi meni yangi jamoada moslashishim va ko'nikishim uchun qo'llab-quvvatlashiga ishonchim komil».

• Aleksandr Kasyan 8 yanvar kuni yurtimizga uchib keladi va jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi.

AGMKning ahil oilasiga xush kelibsan, Sasha!", - deb yozadi AGMK matbuot xizmati. 



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика