Rasman! Jamshid Saidov "Buxoro" bosh murabbiyi!
03 iyu 2015 12:33
Yangiliklar


Rasman! Jamshid Saidov "Buxoro" bosh murabbiyi!
Afsus-ki, Buxoro viloyatining oliy ligadagi yagona vakili, “Buxoro” jamoasi aynan uchinchi toifa, autsayderlar toifasida qolib ketmoqda.
12-turga kelib “Buxoro” bor yo'g'i 2 ochko jamg'argan holda so'nggi, 16 pog'onadan muqim joy olib ulgurdi. Ushbu holat “Buxoro” jamoasi tarixida umuman bo'lmagan holatdir. Ushbu gapimizning isboti sifatida quyidagi statistikani sizlarga havola etamiz.
“Buxoro” jamoasining O'zbekiston oliy ligasi chempionatlarida 12-turga kelib qayd etgan natijalari:
1992 yil-20 ochko
1993-18 ochko
1994-27 ochko
1995-25 ochko
1996-26 ochko
1997-13 ochko
1998-20 ochko
1999-18 ochko
2000-15 ochko
2001-15 ochko
2002-20 ochko
2003-13 ochko
2004-13 ochko
2005-12 ochko
2006-19 ochko
2007-7 ochko
2008-12 ochko
2009-6 ochko
2010 yil-birinchi liga
2011-18 ochko
2012-12 ochko
2013-16 ochko
2014-13 ochko
2015-2 ochko
Ko'rib turibsiz-ki, ushbu mavsumdagi qayt etilayotgan natijalar eng yomon natija sifatida tarixda qolmoqda. Ushbu holat tabiiy-ki, na muxlislar, na jamoa rahbariyatini qoniqtiradi.
SHu monosabat bilan rahbariyat tomonidan jamoa murabbiylar shtabida jiddiy o'zgartirishlar amalga oshirildi. Jamoada Mochinovdan so'ng vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajargan SHuhrat Fayziev istefoga chiqarildi. Undan tashqari jamoada darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlab kelgan Nurillo Habibov va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Evgeniy Antonenko ham istefoga chiqarildi.
Kecha jamoa azolari bilan tashkillashtirilgan yig'ilishda, rasman Jamshid Saidov jamoaning bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
Bundan buyon jamoaning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha murabbiyi lavozimiga Kadimov Vyugar tayinlandi.
Katta ehtimol bilan davrozabonlar murabbiyi etib Sergey Zaxareckiy tayinlanadi. Bugun u ham Buxoroga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bulardan tashqari jamoaga yana 2-3 ta murabbiylar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Jamoa rahbariyatida ham o'zgarish bo'ldi. Jamoada direktor vazifasida ishlab kelgan Amrillo Najmiddinov o'rniga Alisher Rustamov ish boshladi.
Biz ushbu murabbiylar shtabiga omadlar tilab qolamiz va jamoani ushbu inqirozdan olib chiqishlariga ishonamiz.

Fikrlar