Rasman: "Zenit" ham italiyalik bosh murabbiyni olib keldi
01 iyu 2017 17:31
Yangiliklar
Rasman: "Zenit" ham italiyalik bosh murabbiyni olib keldi
Piterning "Zenit" klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinladi.
"Lacio", "Fiorentina", "Manchester Siti", "Inter" va "Galatasaray" jamoalardagi ishi bilan tanilgan italiyalik mutaxassis Roberto Manchini endilikda "Zenit" jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi.
Bunga qadar "Zenit"ni boshqarib kelgan Mircha Luchesku esa 28 may kuni istefoga chiqarilgandi.
"Zenit" Roberto Manchini bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.
Fikrlar