Rasman: Yozda Gvardiola "Bavariya"dan ketadi, Anchelotti yangi bosh murabbiy bo'ladi
20 dek 2015 16:49
Yangiliklar


Rasman: Yozda Gvardiola "Bavariya"dan ketadi, Anchelotti yangi bosh murabbiy bo'ladi
Bavariya klubi boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge Xosep Gvardiola klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini malum qildi.
Kataloniyalik murabbiy yozda Myunxen klubini tark etadi. Bavariyada Karlo Anchelotti yangi bosh murabbiy bo'ladi.
Biz Gvardiolaga rahmat aytamiz. Xosep bilan yana sovrinlar yutamiz deb o'ylaymiz.
Anchelotti – Bavariyada ishlaydigan yana bir ajoyib murabbiy. U bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz, – deydi Rummenigge.
Anchelottining Bavariya bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar