Rasman: Yaya Ture Xitoyning quyi divizionidagi klubga o'tdi

Alisher
3 iyul 2019, 15:08
"Barselona" va "Manchester Siti"dagi o'yinlari bilan tanilgan Yaya Ture Xitoyning 2-divizionida ishtirok etadigan klub bilan shartnoma imzoladi.

Bu klub Xitoyning quyi divizionida yetakchilik qilayotgan "Cindao Xaynyu"dir. Shartnomaning muddati va moliyaviy talablari haqida ma'lumot berilmayapti.

Ivuarlik futbolchi terma jamoa tarkibida 100 dan ortiq o'yinlarda qatnashgan.

U shuningdek 4 karra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Futbolchi faoliyati davomida "Beveren", "Metallurg", "Olimpiakos", "Monako", "Barselona" va "Manchester Siti" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews