Rasman: Vitaliy Denisov “Rotor” futbolchisiga aylandi
16 jan 2020 20:20
Yangiliklar


Rasman: Vitaliy Denisov “Rotor” futbolchisiga aylandi
O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov rasman “Rotor” azosiga aylandi, deya xabar beradi volgagradliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari.
Avvalroq, Denisov mazkur klubning Turkiyadagi yig'inlariga qo'shilgani hamda mavsum oxiriga qadar “Rotor” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.
32 yoshli futbolchi yangi klubi safida 29 raqam ostida harakat qiladi. Vitaliy joriy mavsum yarmini “Rubin”da o'tkazdi va barcha musobaqalarda 9 o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar