Rasman: Villash-Boash "Marsel" klubi bosh murabbiyiga aylandi
28 may 2019 19:40
Yangiliklar


Rasman: Villash-Boash "Marsel" klubi bosh murabbiyiga aylandi
2017 yildan beri murabbiylik qilmayotgan va hozirda ishsiz yurgan Andre Villash-Boash Franciya klubi ustozi etib tayinlandi.
"Marsel" portugaliyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. 41 yoshli Boash yiliga 7,2 million evro ishlab topadi. Uning murabbiylar shtabidan sobiq futbolchi Rikardu Karvalyu o'rin oladi.
Villash-Boashning so'nggi ish joyi Xitoyning "SHanxay SIPG" jamoasi bo'lgandi. SHundan keyin u 18 oy futboldan tashqarida bo'ldi.
Malumki, Andre o'z vaqtida Londonning "CHelsi" va "Tottenxem" klublarini ham boshqargan. "Portu" bilan Evropa ligasida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar