Rasman: Vertongen – "Anderlext" himoyachisi
02 sen 2022 18:46
Yangiliklar


Rasman: Vertongen – "Anderlext" himoyachisi
"Anderlext" o'zining rasmiy sayti orqali "Benfika" himoyachisi Yan Vertongen bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Klub 35 yoshli belgiyalik futbolchi bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Himoyachi 14-raqam ostida o'ynaydi.
Ushbu transfer vaqtida futbolchiga "Bryugge" va "Kopengagen" klublari ham qiziqish bildirishgandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 2 million evroga baholamoqda.
Vertongen o'tgan mavsum "Benfika" tarkibida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qilgan va 8 ta sariq kartochka olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar