Rasman: Turk grandi Ikardi va Matani o'z safiga qo'shib oldi
09 sen 2022 09:05
Yangiliklar
Rasman: Turk grandi Ikardi va Matani o'z safiga qo'shib oldi
“Galatasaroy” Mauro Ikardi va Xuan Mata bilan shartnoma imzoladi.
Turk grandi 29 yoshli Ikardini PSJdan ijaraga oldi. Argentinalikning maoshi 6,75 mln evroni tashkil qiladi. U mazkur summadan 6 mln evroni parijliklardan, 750 mingini esa istanbulliklardan olishi ko'zda tutilgan.
SHuningdek, “Galatasaroy” MYUni erkin agent sifatida tark etgan Xuan Matani ham o'z safiga qo'shib oldi. 34 yoshli ispaniyalik bilan kelishuv 1+1 ko'rinishida bo'ladi. Mataning yillik maoshi esa 1,9 mln evroni tashkil etishi aytilmoqda.
Fikrlar