Rasman: Tomas Tuxel mavsum oxirida "Bavariya"ni tark etadi
21 fev 2024 15:02
Yangiliklar
Rasman: Tomas Tuxel mavsum oxirida "Bavariya"ni tark etadi
Oxirgi paytlarda "Bavariya" jamoasi omadsizliklar girdobiga kirib qoldi.
Myunxenliklar Germaniya kubogidan erta chiqib ketishdi, Superkubokda mag'lub bo'lishdi, Bundesligada "Bayer"dan 8 ochko ortda qolmoqda, ECHLda "Lacio"ga safarda yutqazdi.
Biroz avval "Bavariya" matbuot xizmati bosh murabbiy bilan hamkorlik 2025 yilning 30 iyunida emas, 2024 yilning 30iyunida to'xtatilishini elon qildi. Bunday qarorga klub bosh direktori Yan-Kristian Drizen hamda Tomas Tuxel o'rtasidagi suhbatdan so'ng kelingan.

Tomas Tuxel 2023 yilning mart oyida Yulian Nagelsmanni almashtirgan va 2 oydan ko'proq vaqt o'tib Bundesligada chempion bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar