

Tojikiston futbol federatsiyasi COVID-19 koronavirusining oldini olish bo'yicha Respublika shtab-kvartirasi tomonidan chiqarilgan aholining salomatligi hamda xavfsizligini taminlash maqsadida ommaviy va sport tadbirlarini vaqtinchalik to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni qo'llab-quvvatladi.
Shu bois TFF tashkilot nomi ostida o'tkaziladigan barcha futbol turnirlarini 10 mayga qadar to'xtatdi.
Qayd etilishicha, mamlakat chempionatining 4-turidan o'rin olgan qolgan bahslari ertaga belgilangan vaqtda o'tkaziladi. Navbatdagi turdan boshlab esa Oliy Ligada ham vaqtinchalik tanaffus e'lon qilinadi.



