Rasman: Takashi Usami "Gamba Osaka"ga qaytdi
24 iyu 2019 16:33
Yangiliklar
Rasman: Takashi Usami "Gamba Osaka"ga qaytdi
Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Takashi Usami o'zining sobiq klubiga qaytdi.
Bu haqda klubning "Twitter" sahifasi xabar bermoqda. Futbolchi bunga qadar Dyusseldorfning "Fortuna" klubida harakat qilib kelayotgan edi.
27 yoshli futbolchi aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2009-2016 yilgacha jamoa sharafini himoya qilgan.
2011 yilda futbolchini Myunxenning "Bavariya" klubi o'z safiga qo'shib olgan edi. Usami "Bavariya" hamda "Fortuna" klublaridan tashqari "Xoffenxaym" va "Ausburg"da ham o'ynagan.
Fikrlar