So’nggi yangiliklar

08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  2 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  3 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  5 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  6 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  10 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  2 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  12

Rasman: Superligada navbatdagi istefo ruy berdi Yangiliklar

Rasman: Superligada navbatdagi istefo ruy berdi

Teglar :  Viktor KumikovAGMK
AGMK futbol klubi murabbiylar shtabida o'zgarish amalga oshirildi.

Bir yarim mavsum davomida jamoani boshqarib kelgan Viktor Balyutovich, jamoa rahbariyatiga murojaat etib, amaldagi shartnomani bekor qilishni so'ragan. O'zaro kelishuvga ko'ra bugundan boshlab Kumikov va jamoa o'rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilindi.

SHuningdek, jamoani o'z arizasiga binoan katta murabbiy Oleg Kornienko, murabbiy Roman Uzdenov, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Marat Axmerov va shifokor Mahsudjon Nazarovlar bilan ham amaldagi shartnomalar bekor qilindi.

Malumot o'rnida Viktor Kumikov 2017 yilgi mavsum boshida jamoani qabul qilib olgandi. U o'tgan davr mobaynida jamoamizni milliy chempionatda 43 o'yinda maydonga boshlab tushdi. Bu uchrashuvlarda AGMK 15 g'alaba, 12 durang va 16 mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati 42:48.
SHuningdek, jamoamiz O'zbekiston kubogi bahslarida o'tgan yil 3 o'yin o'tkazib bir g'alaba va ikki durang qayd etgan bo'lsa, bu yilgi kubok bahslarida ikki g'alaba bilan bosh sovrin yo'lida ishtirokini davom ettirmoqda.

AGMK rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar Viktor Balyutovichga kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tiladi. SHu bilan bir qatorda jamoa yutuqlariga o'z hissasini qo'shgan Oleg Kornienko, Roman Uzdenov, Marat Axmerov va Mahsudjon Nazarovlarga ham keyingi faoliyatlarida omad tilaydi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi bugun kechki mashg'ulotdan so'ng rasman elon qilinadi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика