

Bu haqda Kris Smolling o'z sahifasi orqali ma'lum qilgan.
“Mavsumni “Roma”da yakunlay olmayotganimdan afsusdaman. Jamoada men yaxshi kutib olishdi va buni hech qachon unutmayman. “Roma”ga “Sevilya” bilan bahsda omad. Olg'a “Roma”!”, deb yozgan futbolchi.
Smolling ijara asosida yakunlangan mavsumni rimliklar safida o'tkazdi. U “bo'rilar” libosida 37 o'yinda qatnashib, 3+2 natijaga erishgan.



