Rasman: "SHaxtyor" "Manchester Siti" futbolchisini sotib oldi
08 iyu 2018 17:45
Yangiliklar


Rasman: "SHaxtyor" "Manchester Siti" futbolchisini sotib oldi
"SHaxtyor" bosh direktori Sergey Palkinning malumotiga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Olarenvaju Kayode jamoa azosiga aylangan.
"Kayode "SHaxtyor"da o'ynashni davom ettiradi. Biz uning transferini "Manchester Siti"dan to'liqligicha sotib oldik va 5 yillik shartnoma imzoladik. U o'zini ko'rsatdi va murabbiylarning olqishiga sazovor bo'ldi", - dedi direktor.
25 yoshli Kayode "SHaxtyor" tarkibida shu yilning mart oyidan buyon harakat qilmoqda. SHu vaqtdan buyon u 8 uchrashuvda qatnashdi va 3 gol urib, 1 golga assistentlik qildi. Hozircha futbolchining narxi borasida malumotlar keltirilmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar