Rasman: Serxio Marinangeli “Mashal” da ish boshladi
19 dek 2020 10:08
Yangiliklar


Rasman: Serxio Marinangeli “Mashal” da ish boshladi
“Mashal” ispaniyalik Serxio Marinangeli bilan kelishuvga erishdi. U Dilyaver Vaniev boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi. Serxio jamoada maslahatchi murabbiy lavozimida faoliyat olib boradi.
Marinangeli bunga qadar pro-ligada “Oq-tepa” jamoasida ishlab kelayotgandi.
Malumot o'rnida Ispaniyalik mutaxassis Serxio Mariangeli 2015-2017 yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim final bosqichigacha olib borib qitaning kuchli to'rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo'shgan.
Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015 yillarda Ispaniya chempionatining birinchi ligasi vakili "Eskuela Futbol Aluche" jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017 yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo'lmish "Yunion Deportiva Tres Santos" klubida, 2017 yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining "Iglesias La Vid" klubida faoliyat yuritib kelgan. 2019 yilda UEFA Pro licenziyasini qo'lga kiritgan. "Real Madrid", "Atletiko Madrid" klublarida malaka oshirgan shuningdek APL ishtirokchisi "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa qo'l ostida amaliyot o'tagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar